Karantin qoidalarini buzish bo‘yicha yetakchi hudud aytildi

© Press-slujba Natsionalnoy gvardii UzbekistanaSotrudnikami Natsionalnoy gvardii i Ministerstvo vnutrennix del bilo viavleno 2350 sluchayev nesoblyudeniya karantinnogo rejima
Sotrudnikami Natsionalnoy gvardii i Ministerstvo vnutrennix del bilo viavleno 2350 sluchayev nesoblyudeniya karantinnogo rejima - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bo‘ylab karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 27 486 ta holat aniqlangan. Birinchi uchlikka Toshkent, Farg‘ona viloyati va Toshkent viloyati kiritilgan.

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar O‘zbekiston bo‘ylab karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 27 486 ta holat aniqlangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Toshkent shahrida – 4 641 ta, Farg‘ona viloyatida – 3 223 ta, Toshkent viloyatida – 2 979 ta, Samarqand viloyatida – 2 691 ta, Qashqadaryo viloyatida – 2 314 ta, Namangan viloyatida – 1 872 ta, Sirdaryo viloyatida – 1 650 ta, Andijon viloyatida – 1 570 ta, Jizzax viloyatida – 1 554 ta, Surxondaryo viloyatida – 1 416 ta, Xorazm viloyatida – 1 177 ta, Buxoro viloyatida – 1 162 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 915 ta, Navoiy viloyatida – 322 ta qoidabuzarlik holati aniqlangan.

Sledstvenniy izolyator, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda aholi orasida vahima tarqatmoqchi bo‘lgan shaxs bir oyga qamaldi

4 aprel kuni Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanida fuqaro avtomashinasida ruxsatnomasiz odam tashib yurganligi aniqlangan. Natijada avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

4 aprel kuni Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Qarshilik kishlog‘ida yashovchi 1994 y.t. fuqaro J.B., Namangan shahar, “Sharshara” mahallasi, 2-Piskent ko‘chasida yashovchi 1987 y.t. fuqaro A.X., Namangan shahar, S.Adashev ko‘chasida yashovchi 1973 y.t. X.A.lar ruxsatnomasiz o‘z transportlarida bemaqsad yurganliklari aniqlangan. Ularning avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

4 aprel kuni Samarqand viloyati, Samarqand tumani, “Ravot” mahallasida yashovchi 1995 y.t. Sh.A. Tong 2-berk ko‘chasida joylashgan avtomoykani karantin cheklovlariga qaramay ishlatib kelganligi aniqlangan. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Yangiliklar lentasi
0