Andijonda yo‘lovchi talashgan haydovchi sherigini pichoqlab qo‘ydi

© kaluganewsMujchina s nojom
Mujchina s nojom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shahrixon tumanida ikki fuqaro yo‘lovchi tashish navbati masalasida janjallashib qolgan. Shunda 22 yoshli haydovchi hamkasbini pichoqlab qo‘ygan.

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Andijonda yo‘lovchi talashgan haydovchilarning janjali pichoqbozlik bilan yakunlandi.

Narkoticheskiy mak - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda 467 tup ko‘knor o‘stirgan ayol aniqlandi

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 23-aprel kuni 22 yoshli M.Q. Shahrixon tumani Qo‘rg‘oncha maxallasida 27 yoshli D.J. bilan avtomashinalarida yo‘lovchi tashish navbati masalasida janjallashib qolgan.

O‘zaro janjal oqibatida M.Q. xo‘jalik pichog‘i bilan D.J.ga tan jarohati yetkazadi. Natijada D.J. tuman markaziy shifoxonaga olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e” bandi (badanga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda M.Q. gumon qilinuvchi sifatida ushlangan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0