19:15 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
46702

Deputat Yangiqoʻrgʻon koʻchasida xizmat olib borayotgan IIB xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmasdan, ularga qarshilik koʻrsatgan. Hozir uning ustidan jinoiy ish ochilgan.

TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Bosh prokuratura namanganlik deputatga bogʻliq hodisa yuzasidan bayonot berdi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi xabariga koʻra, 15 aprel kuni Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati T.M. oʻziga tegishli avtomashinasida Namangan shahar, Yangiqoʻrgʻon koʻchasida tashkil etilgan blok postiga yetib kelgan.  Shu yerda xizmat olib borayotgan IIB xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmasdan, ularga qarshilik koʻrsatgan.

Ayni holatda JKning 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish)da koʻrsatilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli Namangan shahar prokuraturasi 16 aprel kuni yilda deputatni jinoiy javobgarlikka tortish va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga rozilik berish haqida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashiga taqdimnoma kiritadi.

Shu kunning oʻzida mazkur taqdimnomani koʻrib chiqqan Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi 21-06-sonli qaror bilan T.M.ni jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat berilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish rad etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Kengashning roziligi asosida shahar prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Biroq, oradan uch kun oʻtib, yaʼni 19 aprel kuni Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdan tashqari oʻtkazilgan sessiyasida amaldagi qonunchilikka zid ravishda Kengashning  yuqorida qayd etilgan 21-06-sonli qarori bekor qilinib, T.M.ni jinoiy javobgarlikka tortish va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish rad etilgan.

Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida Namangan viloyati prokurori tomonidan 21 aprel kuni Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashiga shahar Kengashi chiqargan qarorlarni bekor qilish haqida taqdimnoma kiritilgan.

Ushbu taqdimnoma 25 aprelda viloyat Kengashida koʻrib chiqilib, shahar Kengashining 16 apreldagi yildagi 21-06-sonli karori oʻzgarishsiz qoldirildi (T.M.ni jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat berilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish rad etildi) hamda 19 apreldagi yildagi qarori bekor kilindi.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Asosiy mavzular