11:06 10 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Hodisalar
Havola olish
357 0 0

Afgʻoniston va Qirgʻizistonda zilzila sodir boʻldi. Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi zilzila Oʻzbekistonda sezilmaganini maʼlum qilgan.

TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Afgʻoniston va Qirgʻizistonda zilzila yuz berdi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qilishicha: 28.04.2020 da Toshkent vaqti bilan 16:15 (28.04.2020 da 11:15 Grinvich boʻyicha) Afgʻonistonda zilzila sodir boʻldi.

Koordinatalar 36,58 gradus shimoliy kenglik, 70,71 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,4. Chuqurlik h=100 km. Toshkentgacha masofa 537 km janubiy-sharqiy yoʻnalish boʻyicha.

Shuningdek, bugun, Toshkent vaqti bilan 16:45 Qirgʻizistonda zilzila sodir boʻldi. Koordinatalar 39,98 gradus shimoliy kenglik, 70,78 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,8. Chuqurlik h =10 km. Toshkentgacha masofa 194 km janubiy-sharqiy yoʻnalish boʻyicha.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi zilzila Oʻzbekistonda sezilmaganini maʼlum qilgan.

Asosiy mavzular