Bironta xonadon, bironta odam e’tiborsiz qolmaydi - Shavkat Mirziyoyev

© Press slujba prezidentaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s postradavshimi pri navodnenii jitelyami Sirdari
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s postradavshimi pri navodnenii jitelyami Sirdari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Sardoba suv ombori to‘g‘oni ochilgan joyga borib, uni ko‘zdan kechirdi, mutaxassislar bilan muhokama qilgan holda suv oqimini to‘xtatish uchun zarur kuch va vositalar jalb qilindi.

TOShKENT, 1-may - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurib suv toshqini tufayli evakuatsiya qilingan oilalar bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Uchrashuv chog‘ida prezident ofatdan jabrlangan har bir inson alohida e’tiborga olinishi, hamma uy-joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanishini ta’kidladi.

– Bu hech kim kutmagan sinov. Birinchi harakatimiz odamlarni ehtiyot joylarga ko‘chirish bo‘ldi. Eng katta masala – o‘lim bo‘lmasligi. Oqsoqollar, mahalla raislari va nozirlaridan iltimos qilaman: odamlarni yig‘ib, uylarga, palatkalarga joylashtirib, oziq-ovqat bilan ta’minlab, mahallama-mahalla saranjom qilib olishimiz kerak. Buning uchun hamma kuch va vositalarni safarbar qilamiz. Sharoit yaxshi bo‘lmaguncha bironta rahbar ketmaydi. Sabr qilib, og‘irlikni yelkamizga olib, chidashimiz kerak. Bironta xonadon, bironta odam e’tiborsiz qolmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bugun erta tongda "Sardoba" suv ombori to‘g‘onining bir qismi o‘pirilib, bir necha aholi punktlari, kommunikatsiya tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi maydonlariga zarar yetkazgan edi.

Tabiiy ofat haqida ma’lum bo‘lganidan so‘ng, prezident zudlik bilan voqea joyiga yetib keldi. Hukumat komissiyasi tashkil etilib, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish, aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish va ularga har tomonlama yordam berish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar ko‘rildi.

Ugroza navodneniya v Sirdarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
“Sardoba”dan suv chiqish to‘xtadi, aholi xavfsiz joyga ko‘chirildi - FVV

Tezkor chora-tadbirlarga Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, mahalliy hokimliklar, qurilish-ta’mirlash tashkilotlari, huquq-tartibot idoralari va boshqa xizmatlar mutaxassislari safarbar etildi. Suv ombori yaqinidagi mahallalar aholisi Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi.

Shuningdek, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar va Milliy gvardiya shaxsiy tarkibi va maxsus texnikalari aholini evakuatsiya qilish va tegishli xo‘jalik obyektlarini jihozlash uchun va evakuatsiyaga ko‘maklashish hamda tartibni saqlash ishlariga jalb etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘oni ochilgan joyga borib, uni ko‘zdan kechirdi. Hukumat komissiyasi va mutaxassislar bilan muhokama qilgan holda suv oqimini to‘xtatish uchun zarur kuch va vositalar jalb qilindi.

Hozirda to‘g‘ondan suv chiqishi to‘xtagan. Toshgan suv oqimi Oqoltin tumanidan o‘tuvchi Abay kanaliga tushirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga yo‘naltirilgan. Prezident vaziyatni shaxsiy nazorat ostiga olgan. 

 

Yangiliklar lentasi
0