13:04 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
302 0 0

Erkak giyohvandlik moddasini polietilen paket ichiga solib, koʻchada olib ketayotganida Chinoz tumani IIB xodimlari tomonidan toʻxtatilgan.

TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Toshkent viloyatida koʻcha boʻylab bir paket giyohvandlik moddasini olib yurgan shaxs ushlandi, deb xabar qildi Oʻzbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Hodisa joriy yil aprel oyida yuz bergan. 52 yoshli Z.A. tumandagi koʻchalardan birida piyoda ketib borayotgan vaqtida shubha ostiga olingan va Chinoz tumani IIB xodimlari tomonidan toʻxtatilgan.

Xolislar ishtirokida erkak qoʻlida boʻlgan polietilen paket ichi koʻzdan kechirilganda, unda xoʻl holdagi "marixuana" giyohvandlik vositasi aniqlangan.

Giyohvand modda ogʻirligi vazni 1055,94 gramm boʻlgan.

Holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston JKning 276-moddasi 2-qismi "a" bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, Z.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Asosiy mavzular