19:13 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
1081 0 0

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha erta tongda, Sardoba suv omboridagi toʻgʻondan suv siza boshlagani, aholining bir qismi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan evakuatsiya qilingani haqida xabarlar tarqaldi.

TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori toʻgʻoni piketlaridan biri buzilib, suv toshqini yuz berganidan soʻng oʻnlab fuqarolar tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati.

"Suv ombori atrofida - Qoʻrgʻontepa va Doʻstlik aholi punktlarida yashab kelayotgan 70 mingga yaqin kishi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinib, Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirilgan. 17,3 ming kishi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan", - deyiladi xabarda.

Hozirgi vaqtda favqulodda vaziyat oqibatida 56 nafar fuqaro turli xil jarohatlar bilan kasalxonalarga yotqizilgani haqida maʼlumot berilgan.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha erta tongda, Sardoba suv omboridagi toʻgʻondan suv siza boshlagani, aholining bir qismi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan evakuatsiya qilingani haqida xabarlar tarqaldi.

Soʻngra Sardoba tumani Qoʻrgʻontepa aholi yashash punktiga suv kirgani maʼlum boʻldi.

Suv omboridagi avariyadan soʻng voqea joyiga zudlik bilan prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Abdulla Aripov yetib borgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Sirdaryo viloyatida boʻlib turibdi. Davlat rahbari 1 may kuni Oqoltin tumanida aholi bilan boʻlgan muloqotda "sharoit yaxshilanmagunicha, rahbarlarning birortasi, men bosh, hech qayerga ketmaydi", deb aytgan.

Taʼkidlashlaricha, avariyaga kuchli yomgʻir va shamol sabab boʻlgan.

Sodir boʻlgan favqulodda vaziyat yuzasidan FVVda koll-tsentr faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Qoʻngʻiroqlar 1205 va 1250 qisqa telefon raqamlari orqali qabul qilinmoqda.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular