20:02 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
146830

Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori oʻpirilishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelganligi holati yuzasidan jinoyat ishi ochildi.

TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Joriy yil 01 may kuni Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori oʻpirilishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelganligi holati yuzasidan JKning 207-moddasi 1-qismi va 258-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini olib borish DXX organlariga yuklatildi.

Eslatib oʻtamiz, 1 may kuni soat 05:55da “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan va Sardoba tumani Qoʻrgʻontepa aholi yashash punktiga, Mirzaobod tumanidagi “Navbahor”, “Haqiqat” va “Bahoriston” MFYlari aholi yashash punktlariga qisman suv kirgan.

Oqibatda "Qoʻrgʻontepa", "Doʻstlik", "Yurtdosh" MFYlardan jami 11,6 ming nafar aholi xavfsiz joyga koʻchirilgani haqida xabar qilingan edi.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular