23:27 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
170 0 0

IIV avvalo xayriya mablagʻlari yigʻilayotganligi haqidagi har bir xabarni tekshirib koʻrib, ularning rasmiy ekanligiga ishonch hosil qilishni tavsiya qilgan.

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni soxta xayriya yigʻimlaridan ogoh boʻlishga chaqirdi.

Maʼlum qilinishicha, ayni vaqtda mamlakatda koronavirus pandemiyasini tarqalishini oldini olish maqsadida boshqalar koʻmagiga muhtoj oilalarga yordam berish, Buxoro, Samarqand, Jizzax viloyatida sodir boʻlgan tabiiy ofatlar, Sirdaryo viloyatida kuzatilgan ogʻir oqibatli suv toshqini sabab hukumat, hokimliklar, vazirliklar va boshqa davlat idoralari tomonidan koʻplab xayrli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

“Afsuski mana shunday murakkab vaziyatda ham oʻzining shaxsiy manfaati yoʻlida foydalanib qolishga urinayotgan, saxovatpesha yurtdoshlarimizning xayriya mablagʻlariga firibgarlik yoʻli bilan ega chiqishga urinish  va ayrim hollarda yordam berish istagidagi yurtdoshlarimiz tomonidan ularning aldovlariga ishonib qolishi holatlari kuzatilishi mumkin”, - deyilgan xabarda.

IIV avvalo xayriya mablagʻlari yigʻilayotganligi haqidagi har bir xabarni tekshirib koʻrib, ularning rasmiy ekanligiga ishonch hosil qilishni tavsiya qilgan.

Fuqarolardan ijtimoiy tarmoqda yoki atrofida shu kabi firibgarlik holatlariga guvoh boʻlsa zudlik bilan ichki ishlar organlariga xabar berish soʻralgan.

Asosiy mavzular