18:59 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
104010

“Sardoba” suv omborida yuz bergan favqulodda holatning ilk soatlarida qutqaruv ishlarida ishtirok etgan Milliy gvardiyaning 2 nafar xodimi kuchli oqim sabab oqib ketgan.

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Sirdaryo  viloyatidagi “Sardoba” suv omborida yuz bergan fojia natijasida bir Milliy gvardiya xodimi halok boʻldi.

Milliy gvardiya matbuot xizmati xabariga koʻra, suv omborida yuz bergan favqulodda holatning ilk soatlarida, tezkor guruh tarkibida evakuatsiya qutqaruv ishlarida ishtirok etgan Milliy gvardiyaning 2 nafar xodimi kuchli oqim sabab oqib ketgan.

Natijada Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant Suyarov Husniddin Zokirovich tabiiy ofatga qarshi kurashish jarayonida halok boʻlgan. Hozirda ikkinchi xodimni qidirish ishlari davom etmoqda.

Serjant Natsionalnoy gvardii Uzbekistana Xusniddin Suyarov, pogibshiy vo vremya spaseniya lyudey v rayone navodneniya v Sыrdarinskoy oblasti
Serjant Natsionalnoy gvardii Uzbekistana Xusniddin Suyarov, pogibshiy vo vremya spaseniya lyudey v rayone navodneniya v Sыrdarinskoy oblasti

Milliy gvardiya qoʻmondonligi va shaxsiy tarkibi nomidan mardlik namunasini koʻrsatib,  oʻz xizmat burchiga soʻnggi nafasigacha sodiq qolgan serjant Suyarovning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, Sirdaryoda 1 may kuni Sardoba suv ombori toʻgʻoni piketlaridan birining yorilib ketishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelgan edi.  70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududga koʻchirilgan va kamida 56 kishi turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular