Moskva viloyatida 6 nafar migrantlar yong‘inda qurbon bo‘ldi

© Sputnik / Varvara Gertye / Mediabankka o‘tishSorevnovaniya po likvidatsii posledstviy DTP v Ivanove
Sorevnovaniya po likvidatsii posledstviy DTP v Ivanove - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva viloyatidagi xususiy uyda sodir bo‘lgan yong‘inda 6 nafar migrantlar qurbon bo‘ldi. Ayni damda ularning shaxsi aniqlanmoqda.

TOShKENT, 6-may - Sputnik. Moskva viloyatidagi xususiy uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 6 nafar mehnat migranti vafot etdi, qurbonlar orasida bolalar yo‘q, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yong‘in Ramenskoe tumanidagi Durnixa qishlog‘ida joylashgan maydoni 96 m2 bo‘lgan 2 qavatli xususiy uyda tong soat 4 larda sodir bo‘lgan. Uyning 2-qavati yog‘ochdan yasalgan bo‘lgan va elektr isitgichlar yordamida isitilgan. Dastlabki xulosaga ko‘ra, yong‘inga elektr simlaridagi qisqa tutashish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Ushbu qishloq aholisi ma’lum qilishiga ko‘ra, ushbu uydan mahalliy biznesmen tomonidan migrantlar yotoqxonasi sifatida foydalanilgan. U yerda 26 nafar MDH fuqarolari vaqtincha istiqomat qilgan. Karantin tufayli so‘nggi kunlarda ular ushbu hovlidan tashqariga deyarli chiqmagan. 

Hodisa yuzasida Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan, JKning "ikki yoki undan ortiq kishining o‘limiga olib kelgan ehtiyotsizlik" bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qurbonlar fuqaroligi hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q. 

Yangiliklar lentasi
0