Gʻallaorol tumani, “Jiydali” qishloq fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi 10 yoshli qizni soydan sel kelib oqizib ketdi.
TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Gʻallaorol tumani, “Jiydali” qishloq fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi 10 yoshli qiz M.B.ni soydan sel kelib oqizib ketgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB xabar qildi.
Qiz dala maydonidan mollarini uyiga haydab kelish uchun soydan oʻtayotgan boʻlgan va soydan oqib kelgan sel uni oqizib ketgan. M.B.ning soydan 500 metr uzoqlikda jasadi topildi.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Prezident rahbarligidagi yigʻilishda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ishini tanqidiy oʻrganib chiqib, faoliyatini tubdan takomillashtirish zarurligi aytildi.
Rossiyaning yadroviy energiya yordamida harakatlanuvchi, kontinentlararo strategik torpedosi AQSH mudofaa tizimini chil-parchin qildi. Endi ularni ikki okean ham "himoya gumbazlari" ham himoya qila olmaydi.