Andijonda bog‘cha mudirasi o‘z joniga qasd qildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishMashina skoroy meditsinskoy pomoshi na territorii bolnisi dlya patsiyentov s podozreniyem na koronavirus
Mashina skoroy meditsinskoy pomoshi na territorii bolnisi dlya patsiyentov s podozreniyem na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda mazkur holat bo‘yicha belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi va viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasiga xizmat tekshiruvlari tayinlangan bo‘lib, tergovga qadar tekshirish harakatlari davom ettirilmoqda.

TOShKENT, 9-may - Sputnik. Andijonda bog‘cha mudirasi ishdan ayrilgach, ruhiy tushkunlikka tushdi va o‘z joniga qasd qildi, deb xabar bermoqda Andijon viloyati prokuraturasi matbuot-xizmati.

Sal oldin ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi Baliqchi tumani 11-maktabgacha ta’lim muassasasida 2019-yilda amalga oshirilgan 4 mlrd. so‘mlik ta’mirlash ishlari to‘liq amalga oshirilmagan bo‘lsada, mudira G.Xo‘jaqulova binoni qabul qilish haqidagi hujjatlarga imzo qo‘yib berishga majburlanganligi haqida xabar tarqalgan edi. Ta’kidlanishicha, shundan so‘ng Xo‘jaqulova majburan ishdan bo‘shatilgan, o‘rniga boshqa shaxs ishga tayinlangan va buning oqibatida ayol ruhiy tushkunlikka tushib 4-may kuni o‘z joniga qasd qilishi oqibatida og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Otkritoe okno - Sputnik O‘zbekiston
Qarshida bir necha kun ichida ikki kishi o‘z joniga qasd qilishga uringan

O‘rganish ishlari shuni ko‘rsatganki, Baliqchi tumanidagi ushbu bog‘cha investitsiya dasturiga ko‘ra “Milano Qurilish” MChJ tomonidan 4 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga ta’mirlangan va 2020-yilning yanvar oyida yangi 150 nafar bolani qabul qilish quvvatiga ega ushbu bino Maktabgacha ta’lim vaziriligi huzuridagi “Infratuzulmalarni rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK Andijon filiali tomonidan o‘rganib chiqilib, qabul qilib olingan.

Qurilish ta’mirlash ishlari talabga javob bermasligi bilan bog‘liq holatlar hozirda Baliqchi tuman prokuraturasi tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

Muassasa mudirasi G.Xo‘jaqulova majburan ishdan bo‘shatilganligiga oid vajlar o‘rganilganda, ayol ushbu lavozimda 10-yildan buyon ishlab kelayotganligi, o‘tgan yilning dekabr oyidan hozirgi kunga qadarli sog‘lig‘i holatiga ko‘ra mehnat ta’tili, o‘z hisobidan ta’tilda va sog‘ligi tufayli mehnatga layoqatsizligi ta’tillarida bo‘lib kelayotganligi aniqlangan.

Shunga ko‘ra uning ta’tildagi davrida ishga qaytgunga qadarli buyruq bilan vaqtinchalik mudirlik muassasa tarbiyachisi M.Tolipova zimmasiga 30 foiz qo‘shimcha haq to‘lash sharti bilan yuklatib turilganligi, G.Xo‘jaqulova hozirga qadar lavozimidan ozod etilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, G.Xo‘jaqulova og‘ir ahvolda shifoxonaga yotkizilganligi holati o‘rganilganida, 4-may kuni ayol o‘z joniga qasd qilganligi va tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch bo‘limiga yotqizilganligi, ushbu holat tegishli tartibda tuman prokuraturasida qayd etilib, ko‘zdan kechirish va boshqa zarur tadbirlar amalga oshirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi va viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasiga xizmat tekshiruvlari tayinlangan bo‘lib, tergovga qadar tekshirish harakatlari davom etirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0