23:12 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
340 0 0

Surxondaryo viloyatidagi mudhish yoʻl-transport hodisasiga haydovchining boshqaruvni yoʻqotishi sabab boʻlgani aytilmoqda.

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi yoʻl-transport hodisasida KAMAZ haydovchisi qurbon boʻldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabarida yozilishicha, hodisa 9 may kuni soat 03:20 larda “Shifobuloq” mahallasi hududidan oʻtuvchi M-39 avtomobil yoʻlining 1322 km.da “Toshkent-Termiz” yoʻnalishi sodir boʻlgan.

46 yoshli KAMAZ rusumli yuk mashinasi haydovchisi F.J. harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yoʻqotgan. Natijada yoʻlning oʻng tomonidagi beton toʻsiqqa urilgan va yoʻldan chiqib ketgan.

Voditel KAMAZa v Baysune pogib, vrezavshis v bordyur
Press-slujba GUBDD MVD Uzbekistana
Voditel KAMAZa v Baysune pogib, vrezavshis v bordyur

Haydovchi ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Oʻzbekiston JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular