Zarafshondagi sel sabab 300 kishi evakuatsiya qilindi

© Sputnik / Anatoliy Ustinenko / Mediabankka o‘tishPosledstviya sxoda selevogo potoka
Posledstviya sxoda selevogo potoka  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Navoiy viloyati Zarafshon shahrida kuchli yog‘ingarchilik sababli sel kelishi kuzatildi. O‘z vaqtida ko‘rilgan tezkor choralar natijasida fuqarolarning hayoti saqlab qolindi.

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Navoiy viloyati Zarafshon shahrida kuchli yog‘ingarchilik sababli sel keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Na ulitse posle sxoda selevogo potoka - Sputnik O‘zbekiston
Jizzax viloyatida 10 yashar qizni sel oqizib ketdi

Qayd etilishicha, sel  13-may kuni taxminan soat 02:30dan 04:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida kelgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sel oqibatida 4 xonadon qisman zarar ko‘rgan.

Vaziyat yuzasidan Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 9 ta texnikasi va 70 nafar shaxsiy tarkibi zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 300 nafar fuqaroni xavfsiz hududga evakuatsiya qildi.

O‘z vaqtida ko‘rilgan tezkor choralar natijasida fuqarolarning hayoti saqlab qolingan.

Yangiliklar lentasi
0