Toshkentda YPX xodimlaridan qochishga uringan mast ayol haqida ma’lumot berildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSotrudniki MVD i Natsionalnoy gvardii na postu proverayut dokumenti
Sotrudniki MVD i Natsionalnoy gvardii na postu proverayut dokumenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Internetda tarqalgan videoda ichki ishlar organlari xodimlari va Milliy gvardiya xizmatchisi mast ayolni tinchlantirmoqchi va patrul avtomobiliga mindirmoqchi bo‘lganlari aks etgan. Ayol esa ularni haqoratlab, qochishga uringan.

TOShKENT, 14-may — Sputnik. IIBB Toshkentda YPX xodimlaridan qochishga uringan mast ayol bilan bog‘liq voqea yuzasidan izoh berdi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda va telegram kanallarida tarqalgan video tarqalgan edi. Unda ichki ishlar organlari xodimlari va Milliy gvardiya xizmatchisi spirtli ichimlik ta’siri ostida bo‘lgan ayolni tinchlantirmoqchi va patrul avtomobiliga mindirmoqchi bo‘lganlari aks etgan. Shu bilan birga ayol xodimlarni haqoratlayotgani va qarshilik qilib, qochishga urinayotgani ham aks etgan.

IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 12-may kunidan 13-mayga o‘tar tunda soat 1:00 da Uchtepa tumani 12-kvartal hududini patrullash davomida Toshkent shahar IIBB YPX brigadasi 4-bataloni 4-otradi inspektori katta serjant N.T. yo‘lning chetida o‘tirgan ayolni ko‘rib qolgan. Ayolga yo‘l chetida o‘tirish xavfsiz emasligini bir necha bor tushuntirgandan so‘ng uni trotuarga o‘tkazmoqchi bo‘lgan. Ammo ayol qichqirishni boshlab, yo‘ldan trotuarga o‘tishdan bosh tortgan.

Devushki legkogo povedeniya - Sputnik O‘zbekiston
YPX xodimiga bo‘ysunmay “tungi kapalaklarni” olib qochgani aytilgan haydovchiga chora ko‘rildi

Ushbu holat haqida katta serjant ratsiya orqali Uchtepa tumani IIO FMB 8-son ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga ma’lum qilgan. Voqea joyiga tez orada Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 4-bataloni 3-otradi xodimi safdor Sh.M va Milliy gvardiya xizmatchisi X.R.lar yetib kelishgan.

Ayol 8-son IIB ga olib borilganda, u qashqadaryolik 33 yoshli M.I. ekanligi, muqaddam bir necha bor ma’muriy javobgalikka tortilganligi oydinlashgan.

Yuqoridagi holat yuzasidan ayolga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54 moddasi 2 qismi (“Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish”), 183 moddasi (“Mayda bezorilik”) va 194 moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ish sudga oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0