03:04 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
327 0 0

Tekshiruvda fuqaro arizachiga tegishli telefon raqamini “Asalhone 2” nomi bilan nomlagani aniqlangan. U telegram kanalda turli xil behayo surat va videolavhalarni joylashtirgan.

TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Birovning telefon raqamiga pornografik telegram kanal ochgan andijonlik fuqaroga chora koʻrildi.

IIV Tezkor qidiruv hamkorligi boshqarmasi xabariga koʻra, 23 mart kuni ichki ishlar organlariga Toshkent shahri, Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro D.S. ariza bilan murojaat qilgan. U nomaʼlum shaxs “Aqilli fayzik” profili yordamida telegramda uning telefon raqamiga turli xil pornografik shakldagi foto va videolavhalar joylashtirilgan “UZB KAYF GOLD” kanalini ochganini maʼlum qilgan. Fuqaro ushbu vaziyatga oydinlik kiritish va uning telefon raqamidan noqonuniy foydalanib kelayotgan shaxsga chora koʻrishni soʻragan.

Holat yuzasidan IIV Tezkor qidiruv hamkorligi boshqarmasi hamda Andijon viloyati IIB xodimlari tezkor qidiruv tadbirlarini oʻtkazgan. Unda qonunbuzar Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi X.F. ismli fuqaro ekani aniqlangan.

Tekshiruvda fuqaro arizachiga tegishli boʻlgan telefon raqamini “Asalhone 2” nomi bilan nomlab, inson qadr-qimmatini kamsituvchi uyatsiz va buzuq haqoratli soʻzlar yozilgan holda oʻsha telegram kanalda qizlarning raqami va maʼlumot tarqatgani aniqlangan.

Uning “MI-6” telefoni ashyoviy dalil sifatida olingan va unda yuqorida bayon etilgan faktlar oʻz tasdigʻini topgan.

Marhamat tumani Maʼmuriy sudi X.F.ni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-moddasi (“Haqorat qilish”) va 189-moddasida (“Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish”) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topgan. Unga uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdoridagi (669 ming soʻm) jarima jazosini tayinlagan. “MI-6” telefoni esa davlat foydasiga musodara qilingan.

Asosiy mavzular