04:09 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
874 0 0

Bugun 14.05.2020 yil, Toshkent vaqti bilan 21:16 da Oʻzbekistonda zilzila sodir boʻldi. Zilzila epitsentridan poytaxtgacha masofa 197 km sharqiy yoʻnalish boʻyicha.

TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Oʻzbekistonda bir sutka ichida ikkinchi zilzila qayd etildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra: 14.05.2020 yil, Toshkent vaqti bilan 21.16 da (14.05.2020 yil, Grinvich boʻyicha 16.16 da) Oʻzbekistonda zilzila sodir boʻldi.

Zilzila koordinatalari: 41,26 gradus shimoliy kenglik; 71,57 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 14 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 197 km sharqiy yoʻnalish boʻyicha.

Zilzila Oʻzbekiston hududida:

Namangan: 30 km, 4 ball.

Andijon: 84 km, 3 ball.

Fargʻona: 99 km, 2 ball.

Eslatib oʻtamiz, 14 may Toshkent vaqti bilan 02.09da Xitoyda zilzila sodir boʻlgandi. Uning kuchi Oʻzbekistonda ham sezildi. Namanganda 2 ball, Andijonda 2 ball, Fargʻonada 2 ball.

Asosiy mavzular