03:19 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
291 0 0

Koreyadagi Kyongnam provintsiyasi rasmiy organlari TIVga vafot etganlar va jarohatlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻqligini tasdiqlagan

TOSHKENT, 16 may - Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi OAVlarda tarqalgan Koreyadagi zavodlarning birida yuz bergan portlash natijasida Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgani toʻgʻrisidagi xabarlarni rad etdi.

"Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi 2020-yil 15-may kuni Kyongnam provintsiyasidagi metallni qayta ishlash zavodlaridan birida yuz bergan portlash natijasida Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgani toʻgʻrisida OAVda tarqalgan xabarni rad qildi", - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, elchixona konsullik boʻlimi xodimi voqea joyiga tashrif buyurib, vaziyatni oʻrgangan.

 Haman tumani (Kyongnam provintsiyasi) huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan aloqa oʻrnatilgani aytilmoqda. Mazkur tuman rasmiy organlari vafot etganlar va jarohatlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻqligini tasdiqlagan.

Asosiy mavzular