00:55 30 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
1291 0 0

7 may kuni Toshkent shahrida 31 yoshli erkak vahshiylarcha oʻldirilib ketilgan. Poytaxt prokuraturasi qotillik tafsilotlarini ochiqladi.

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Toshkent shahar prokuraturasi Toshkent shahrida vahshiylarcha oʻldirilib, murdasi burdalab tashlangan fuqaro ishiga oid videolavha tayyorladi.

Maʼlum qilinishicha, 8 may kuni tong Uchtepa tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga fuqaro 31 yoshli oʻgʻli R.R. 7 may kuni oʻz ishlari bilan uydan chiqib ketib hozirga qadar qaytib kelmaganini maʼlum qilgan.

Aniqlanishicha, R. Yunusobod tumanida yashovchi 30 yoshli J. ismli fuqaro bilan avvaldan tanishligi, J. R.dan 2020 yil yanvar oyida Spark rusumli avtomobilni oylik toʻlab berish sharti bilan olganligi, ikki oy mobaynida pullarni toʻlab bermagani uchun R. avtomobilni qaytarib olgani tufayli J.da R.ga nisbatan adovat paydo boʻlgan.

Surishtiruvlar davomida, 7 may kuni 14:30 lar atrofida R. ana oʻsha tanishi J.ning uyiga borganligi aniqlangan. A.J. oldindan M. va S. ismli jinoiy sheriklari bilan til biriktirib R.R.ni Yunusobod tumanidagi yashash manziliga olib kelish rejasini qilib, undan keyin S. ismli tanishi orqali Yunusoboddagi yashash manziliga olib kirishga erishgan.

Jabrlanuvchi oʻsha manzilgan kelganida jinoyatchilar unga tashlangan va avvaliga kaltaklashgan.

“Mendan maqsading nima deb soʻradi. Maqsad pul dedim. Shundan soʻng, xotiniga telefon qilib 29 ming dollar bor, hozir Muzaffar degan akam boradi berib yuborasan dedi. Soʻng pulni oldim. Keyin u menga kerakli joylarga arz qilaman dedi. Men qoʻrqdim. Uni tirsagim bilan urdim. Qoʻlimda “bita“ bor edi, unda urib tashladim yuziga. Soʻng boshini koʻtarsam koʻtarmayapti. Keyin oʻlib qolganini bildim. avval koʻtara olmadim. Keyin tanasini maydalab koʻmdim“, - deydi oʻz koʻrsatmasida J.

Hozirda J.ga nisbatan JKning 97-modda  2 qismi (Tamagirlik niyatida qasddan odam oʻldirish) va 164 moddasi va 3 qismi (Badanga ogʻir shikast yetkazgan holda bosqinchilik sodir etish) bilan jinoyat ishi ochilgan. M. va S.ga nisbatan esa faqat JKning 164 moddasi 3 qismi bilan jinoyat ishi ochilib, ayblov eʼlon qilingan.

Ularga nisbatan qamoqqa olinish tarzida ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Asosiy mavzular