Surxondaryoda “KamAZ” haydovchisi 65 yoshli ayolni urib yubordi

© Press-slujba GUBDD MVD RUzV Surxandarinskoy oblasti “KamAZ” sbil jenshinu
V Surxandarinskoy oblasti “KamAZ” sbil jenshinu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qumqo‘rg‘on tumanida “KamAZ” yuk mashinasi yo‘lning o‘ng chetida turgan piyodani urib yubordi. Natijada ayol voqea joyida vafot etdi.

TOShKENT, 17-may — Sputnik. Surxondaryo viloyatida “KamAZ” haydovchisi urib yuborgan ayol vafot etdi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 16-may kuni soat Qumqo‘rg‘on tumani, Xo‘jaqishloq mahallasi hududidan o‘tgan 4R-101 avtomobil yo‘lining 24 km.da sodir bo‘lgan.

V Buxarskoy oblasti pritsep traktora oprokinulsya v kanal: dve jenshini pogibli - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda traktor tirkamasi ostida qolib ketgan ikki ayol halok bo‘ldi

31 yoshli haydovchi A.I. mashinani ortga burib olish maqsadida orqaga harakatlanib, orqa tomonida yo‘lning o‘ng chetida turgan piyodani urib yuborgan.

YTH natijasida 65 yoshli ayol og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0