Surxondaryoda bir oila IIO mashinasi oynalarini sindirib tashladi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishNaruchniki na dveri kletki
Naruchniki na dveri kletki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro karantin qoidalariga zid ravishda ommaviy iftorlik marosimini o‘tkazgan. Voqea joyiga kelgan organ xodimlariga tayoq va temir bilan tan jarohati yetkazib, mashinalarining oynalarini sindirib tashlagan.

TOShKENT, 17-may — Sputnik. Surxondaryo viloyatida karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan va hokimiyat vakiliga qarshili ko‘rsatgan shaxslar ustidan jinoyat ishi ochildi.

Bosh prokuratura matbuot kotibining ma’lum qilishicha, 14-may kuni Sherobod tumanida yashovchi fuqaro B.D. karantin qoidalariga zid ravishda yashash uyiga qarindosh-urug‘lari va qo‘ni–qo‘shnilarini yig‘ib “Taroveh namozi” hamda ommaviy iftorlik marosimini o‘tkazgan.

Karantin - Sputnik O‘zbekiston
Qarshida karantin qoidalarini buzgan bir necha kishi javobgarlikka tortildi

Voqea joyiga yetib borgan tuman IIB va mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari ushbu qoidabuzarlik uchun B.D.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan vaqtda jami 4 nafar farzand va nabiralari IIB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan.

Jumladan, ular tuman IIB XPB profilaktika inspektori va mahalla fuqarolar yig‘ini raisiga tan jarohati yetkazib, qo‘llarida bo‘lgan temir jismlar bilan Ichki ishlar xodimiga tegishli avtomashina old oynalarini urib sindirgan.

So‘ngra ushbu holat bo‘yicha voqea joyiga yetib kelgan tuman IIB tezkor tergov guruhi xodimlariga ham faol qarshilik ko‘rsatishgan. Qo‘llaridagi tayoq va temir jismlar bilan IIB xodimlariga tan jarohati, navbatchilik qismining avtomashinasining oynalarini urib sindirishgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0