12:56 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
59210

Oqqoʻrgʻon tumani hokimining oʻrinbosari va tuman “Mahalla” fondi hisobchisi “Saxovat va koʻmak” va “Mahalla” xayriya jamgʻarmasining 15 ming dollardan ziyod pulini oʻmarganlikda ayblanmoqda.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi xayriya mablagʻlarini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Bosh prokuratura matbuot kotibining maʼlum qilishicha, Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani hokimining mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari M.A. va tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisobchisi B.N.lar oldindan til biriktirgan. Ular tumandagi ehtiyojmand oilalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Mahalla” xayriya jamoat fondiga va 2020 yilda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlarni turli yoʻllar bilan naqdlashtirib, jami 109,2 mln. soʻm pullarni oʻzlashtirishgan.

Shu bilan birga, 2020 yilda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlardan 44 mln. soʻmni maqsadsiz sarflab, rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan Oʻzbekiston JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular