23:05 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
54601

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi kanalda ayol jinsiga mansub, deb gumon qilinayotgan shaxs oqib ketganligi tasvirlangan videoyozuv tarqalgan.

TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuv yuzasidan bayonot berdi. Unda Namangan viloyati Chortoq tumanidagi kanalda ayol kishining jasadi oqib ketganligi aytilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Chortoq tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi tekshirish harakatlari oʻtkazilmoqda.

Ayolning oʻlimi sababini aniqlash boʻyicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Shuningdek, shaxsini aniqlash boʻyicha barcha tezkor choralar koʻrilmoqda.

Xabarda tekshirish natijalari boʻyicha batafsil maʼlumot berilishi qoʻshimcha qilingan.

Asosiy mavzular