20:17 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
376 0 0

Buxorodagi ayanchli yoʻl-transport hodisasi oqibatida 19 yoshli qiz va Nexia haydovchisi qurbon boʻldi, besh kishi ogʻir tan jarohati oldi.

TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Buxorodagi yoʻl-transport hodisasi oqibatida ikki kishi qurbon boʻldi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, YTH 19 may kuni Qorakoʻl tumanidan oʻtuvchi 4R-76 yoʻlining 8-kilometrida sodir boʻlgan. 31 yoshli Nexia haydovchisi yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzib, oʻziga qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan 39 yoshli N.T.ning boshqaruvidagi Lacetti bilan toʻqnashib ketgan.

DTP v Buxarskoy oblasti, dvoye pogibli pyatero poluchili tyajkiye telesnыe povrejdeniya
DTP v Buxarskoy oblasti, dvoye pogibli pyatero poluchili tyajkiye telesnыe povrejdeniya

Oqibatda Nexia avtomashinasining yoʻlovchisi 19 yoshli Z.N. hodisa joyida, haydovchi M.J. esa tibbiyot birlashmasida vafot etganlar.

DTP v Buxarskoy oblasti, dvoye pogibli pyatero poluchili tyajkiye telesnыe povrejdeniya
DTP v Buxarskoy oblasti, dvoye pogibli pyatero poluchili tyajkiye telesnыe povrejdeniya

Bundan tashqari, har ikki avtomashinadagi 6 nafar yoʻlovchilardan 5 nafari ogʻir tan jarohati, bir nafari esa yengil tan jarohati olgan, ularning barchasiga tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Asosiy mavzular