03:07 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
486 0 0

Pokistonning Karachi shahri yaqinida yoʻlovchi samolyoti halokatga uchradi. Dastlabki xabarlarga koʻra samolyot bortida 95 nafar yoʻlovchi boʻlgan.

TOSHKENT, 22 may - Sputnik. Pokistonda yoʻlovchi samolyot halokatga uchradi. Bu haqida RIA Novosti mahalliy Geo telekanaliga asosan xabar bermoqda. 

"PIA (Pokiston havo yoʻllari) aviakompaniyasining samolyoti Karachi shahri aeroporti yaqinida halokatga uchradi. Voqea joyida olingan videoda samolyot qulab tushgan joyda qora tutun koʻtarilayotganini koʻrish mumkin", - deyilgan mahalliy Tvitter foydalanuvchisi xabarida. 

Xabarda aytilishiga koʻra, Laxordan Karachiga PK-8303 raqamli parvoz amalga oshirayotgan samolyot bortida 97 kishi boʻlgan, ulardan 85 nafari yoʻlovchilar va 12 nafari ekipaj aʼzolari. Samolyot qoʻnishiga 1 daqiqa qolganda halokatga uchragan.

Pokiston hukumati hozircha samolyot turi va qurbonlar sonini rasman tasdiqlagani yoʻq. 

 

Asosiy mavzular