08:49 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Hodisalar
Havola olish
214 0 0

Fuqaro ikki kishiga ularni Avstraliyaga ishga yuborishini aytib, ularning 6,5 ming dollarini oʻzlashtirib yuborgan.

TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Samarqandda firibgarlikka qoʻl urgan fuqaro ushlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar qilmoqda.

Samarqanddan kelib tushgan hujjatlar koʻra, 2019 yil avgust oyidan sentyabr oyigacha boʻlgan vaqt oraligʻida Urgut tumani Navoiy shoh koʻchasidagi uylarning birida yashovchi, nafaqaxoʻr X.X. uyida SH.X. va M.M.ning oʻgʻli U.X.larni Avstraliyaga ishlashga yuborishda yordam berishga vaʼda bergan.

“Xizmati” evaziga SH.X.dan 3000 dollar, M.M.dan esa 3500 dollarni talab qilgan. Pullarni olgandan soʻng vaʼdasini bajarmagan va ularni oʻz ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Koʻrilgan tezkor choralar natijasida X.X. ushlangan.

X.X.ga nisbatan Oʻzbekiston JKning firibgarlik moddasiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular