17:49 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
503 0 0

Bir guruh firibgarlar fuqarolarni ishga joylab qoʻyish vaʼdasi bilan ularning 42 ming dollar pulini oʻzlashtirib yubordi.

TOSHKENT, 30 may - Sputnik. "UzAutoMotors" AJga  ishga kiritib qoʻyish evaziga fuqarolarning 42 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, "UzAutoMotors" AJning boshqarma boshliqlari va boshqalarning murojaatlariga asosan Bosh prokuratura huzuridagi Departament Asaka tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkaziladi.

Natijada "U-C" qoʻshma korxonasi AJ qoʻriqlash xizmati boshligʻi A.YU., korxona haydovchisi J.A. va boshqalar oldindan til biriktirib tumandagi "UzAutoMotors" AJga turli lavozimlariga ishga joylashtirib qoʻyish vaʼdasi bilan 31 nafar fuqaroning 42 ming AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.YU. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular