21:10 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Hodisalar
Havola olish
125602

Taʼkidlanishicha, hozirda vaziyat toʻliq nazoratga olingan. Mojaroning sabab va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar koʻrilmoqda.

TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Oʻzbekiston DXX Chegara qoʻshinlari Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasida yuzaga kelgan mojaro yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Maʼlum boʻlishicha, 31 may kuni Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasida joylashgan Chashma bulogʻi oldida ikki mamlakat fuqarolari oʻrtasida mojaro yuzaga kelgan.

Yuzaga kelgan vaziyatni hal qilish uchun ikki davlat mahalliy hokimiyatining masʼul rahbarlari voqea joyida uchrashishgan.

Hozirda vaziyat toʻliq nazoratga olingan. Mojaroning sabab va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar koʻrilmoqda. 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonning Soʻx tumani va Qirgʻizistonning Qadamjoy tumani aholisi bir-birini toshboʻron qilgani aytilgan video tarqalgan edi. Sputnik Qirgʻiziston nashrining mahalliy hukumat maʼlumotiga tayanib yozishicha, janjalga Chashma bulogʻi suvi ikki qishloq aholisi tomonidan birgalikda tozalanishi sabab boʻlgan. Tomonlar buloq qaysi mamlakatga tegishligi borasida tortishib qolishgani aytilmoqda.

Asosiy mavzular