Buxorodagi mudhish YTHda ikki kishi qurbon bo‘ldi

© Sledstvenniy departament pri MVD Respubliki UzbekistanDTP pri uchastii legkovogo avtomobilya i gruzovika v Buxare, yest jertvi
DTP pri uchastii legkovogo avtomobilya i gruzovika v Buxare, yest jertvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lacetti va MAN yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 24 yoshli haydovchi va 48 yoshli yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi.

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Buxoroda Lacetti va MAN yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi va bu ikki kishini hayotdan olib ketdi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hodisa 31-may kuni “G‘uzor- Beyneu” yo‘nalishidagi A-380 yo‘lining Jondor tumani “Luqmon” Gazli cho‘l hududida sodir bo‘lgan. 24 yoshli Lacetti haydovchisi ushbu yo‘lning 301-kilometriga yetganida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan harakatlanib kelayotgan 46 yoshli D.Sh. boshqaruvida bo‘lgan MAN rusumli yuk avtomashinasini old qismiga borib urilgan.

© Sledstvenniy departament pri MVD Respubliki UzbekistanDTP pri uchastii legkovogo avtomobilya i gruzovika v Buxare, yest jertvi
Buxorodagi mudhish YTHda ikki kishi qurbon bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
DTP pri uchastii legkovogo avtomobilya i gruzovika v Buxare, yest jertvi

Oqibatda Lacetti haydovchisi Sh.X. va ushbu avtomashina old yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi 48 yoshli T.Q. og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa joyda vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0