18:41 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Hodisalar
Havola olish
244 0 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida yoqilgʻi quyish shoxobchasida yongʻin sodir boʻldi - FVV matbuot xizmati.

TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida yoqilgʻi quyish shoxobchasida yongʻin sodir boʻldi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Joriy yilning 2 iyun kuni taxminan soat 11:37da Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Beruniy tumani, Beruniy koʻchasida joylashgan “Ikrom Aziz” MCHJga qarashli universal (propan-metan-solyarka) yoqilgʻi quyish shoxobchasida yongʻin sodir boʻldi.

Birlamchi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin natijasida yer ustida joylashgan 25 tonnalik 2 ta sigʻim va 2 ta “ZIL-130” yoqilgʻi tashish avtomashinalari yongan. Bundan tashqari, ushbu sigʻimlar yonida 10 tonnalik 3 ta boʻsh, taxminan 30-50 tonnalik 2 ta sigʻim joylashgan. 

Voqea joyiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yongʻin-qutqaruv guruhi yetib bordi.  

Hozircha kelib chiqqan yongʻinning sababi yoqilgʻini quyishda yongʻin xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik deb taxmin qilinmoqda. Jabrlangan va halok boʻlgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi.

Asosiy mavzular