14:01 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Hodisalar
Havola olish
411 0 0

Ikki fuqaro oʻzaro ogʻzaki kelishmovchilik oqibatida janjallashib qolgan. Shunda ulardan biri ikkinchisi belkurak bilan urgan.

TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Toshkent viloyatida ikki kishining janjali oʻlim bilan yakunlandi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, hodisa 30 may kuni Zangiota tumani Boʻzsuv qoʻrgʻoni Madaniyat koʻchasida sodir boʻlgan.

38 yoshli X.B. 21 yoshli B.N. bilan oʻzaro ogʻzaki kelishmovchilik oqibatida janjallashib qolgan. Keyin B.N. uyidagi belkurak bilan X.B. tanasining yuz va oyoq qismiga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada X.B. olgan tan jarohatlari bilan tuman tez tibbiy yordam boʻlimiga olib borilgan, shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan tibbiy muolajaga qaramay vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Odam oʻlimiga olib kelgan qasddan badanga ogʻir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi ochilgan.

B.N. ushlangan va hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Asosiy mavzular