20:24 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Hodisalar
Havola olish
160 0 0

“Korean and migration xususiy bandlik agentligi” rahbarlari fuqarolarning 24,2 mlrd soʻmini yeb ketgan.

TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Toshkentda jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudida “Korean and migration xususiy bandlik agentligi” rahbarlari ustidan ochiq sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Sudlanuvchilar:

Qahramon Otaqulov (1979 yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ direktori),

Odil Kabilov (1963 yilda Namangan viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlangan, agentlikning Namangan viloyat filiali direktori),

Xushvaqt Turdiyev (1973 yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlanmagan, agentlikn taʼsischisi),

Musurmon Aliqulov (1970 yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlanmagan, agentlikning oʻquv ishlari boʻlimi direktori),

Anvarjon Shamshiddinov (1983 yilda Namangan viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlangan, agentlikning Namangan viloyat filiali ish yurituvchisi),

Orifjon Joʻrayev (1983 yilda Namangan viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlanmagan, agentlikning Namangan viloyat filiali gʻaznachisi),

Mavluda Otajonova (1969 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlangan, agentlikning hisobchisi),

Raʼno Nuraliyeva (1976 yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlanmagan, agentlikning kadrlar boʻlimi inspektori),

Kang Nam Kyu (1968 yilda Koreya Respublikasida tugʻilgan, muqaddam sudlangan, agentlikning hamkori)

Jolol Xidirov (1987 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlanmagan, vositachi).

Sudlanuvchilar Oʻzbekiston JKning 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Ushbu jinoyat ishi boʻyicha 2 372 jabrlanuvchi va 4 fuqaroviy daʼvogarlar mavjud.

Ayblov xulosasi boʻyicha moddiy zarar miqdori 24,2 mlrd. soʻm boʻlib, shundan dastlabki tergov mobaynida 13,3 mlrd. soʻm miqdorini bartaraf etish chorasi koʻrilgan.

Sud jarayoni davom etmoqda. Keyingi sud majlisi 8 iyun kuniga tayinlangan.

Eslatib oʻtamiz, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ fuqarolarga ularni ishga joylashtirish haqida yolgʻon vaʼdalar berib, ularning juda koʻp pullarini oʻz ehtiyojlari yoʻlida sarflab yuborishgan.

Asosiy mavzular