20:40 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Hodisalar
Havola olish
42620

Ijtimoiy tarmoqlarda xodimlarini oʻz kabinetida soʻkayotgan rahbarning videosi tarqaldi. Video “qahramoni” Toshkent viloyati Sanitariya -epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboyev ekanligi maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi oʻz vazifasidan ozod etildi, deb xabar qildi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Ijtimoiy tarmoqlarda xodimlarini oʻz kabinetida soʻkayotgan rahbarning videosi tarqaldi. Tez orada video “qahramoni” Toshkent viloyati Sanitariya -epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboyev ekanligi maʼlum boʻldi.

Bugun Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, mutaxassislar tomonidan oʻrganildi. Viloyat Sanitariya -epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboyevning qoʻl ostidagi xodimlari bilan oʻta qoʻpol va axloqiy meʼyorlarga toʻgʻri kelmaydigan tarzdagi suhbati  muhokama qilinib, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli chora koʻrildi.

Bosh vrach Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari, mazkur agentlik direktori Bahodir Yusupaliyevning tegishli buyrugʻi bilan oʻz vazifasidan ozod etildi.

Asosiy mavzular