Haj va chetga ishga jo‘natish bahonasida 31,5 ming dollarni o‘zlashtirgan to‘da fosh etildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andijonda haj safari va chet davlatga ishga jo‘natish evaziga fuqarolarning 31 500 dollarini qo‘lga kiritgan firibgarlik fosh etildi.

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Andijonda haj safari va chet davlatga ishga jo‘natish bahonasida fuqarolarni chuv tushirgan firibgarlar to‘dasi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar qildi.

Molotok sudi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 2300 dan ziyod kishini chuv tushirgan agentlik qalloblari ustidan sud boshlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan. Unda fuqaro B.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, bir necha fuqarolarning ishonchiga kirgani aniqlangan.

Ularni haj safariga va xorijiy davlatlarga ishga yuborish evaziga 31 500 dollar va 2,5 mln. so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishgan.

Mazkur holat yuzasidan B.A. va boshqalarga nisbatan JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0