21:36 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Hodisalar
Havola olish
135 0 0

Yongʻin-qutqaruvchilar tomonidan yonayotgan xonadondan ikki nafar, qoʻshni xonadondan bir nafar fuqaro qutqarilgan.

TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Toshkentning Yashnobod tumanidagi koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

3 iyun kuni soat 01:08 da Toshkent shahar FVB navbatchilik qismiga tumandagi “Tong” mahallasi, Tuzel 2-dahasi 22A-uyda (12 qavatli uyning 8- qavatida) yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga yongʻin oʻchirish ekipajlari soat 01.15 atrofida yetib borib, soat 01-43 da yongʻin oʻchirilgan.

Yongʻin-qutqaruvchilar tomonidan yonayotgan xonadondan ikki nafar,  qoʻshni xonadondan bir nafar fuqaro qutqarilgan.

Shuningdek, yongʻinning binodagi boshqa xonadonlarga oʻtib ketishi hamda undan ajralib chiqayotgan zaharli tutundan yuqori qavatlarda yashovchi aholi zaharlanishining oldini olish maqsadida, uydan 30 dan ortiq fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.

Tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar qayd etilmagan.

Asosiy mavzular