23:29 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Hodisalar
Havola olish
281 0 0

3 ta Lacetti, Spark, Nexia, Toyota va Malibu avtomobillari ishtirokida YTH sodir boʻldi. Ular orasida Turkiya fuqarosi ham bor.

TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Toshkentda 7 ta mashina ishtirokida yirik yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Toshkent shahar IIBB YHXB hodisa sababini oʻrgandi.

Maʼlum qilinishicha, 2 iyun kuni soat 19:00 larda Shayxontohur tumani, Sebzor va Abdulla Qodiriy koʻchalari kesishmasidagi Ganga avtomobil koʻprigida aniqlanmagan “Cobalt” avtomobili keskin toʻxtagan.  Bu esa yettita bir yoʻnalishda harakatlanayotgan avtomobillar toʻqnashuviga olib kelgan. Ular harakat davomida oraliqdagi masofani saqlamagan. Bu YTHga sabab boʻlgan.

YTH ishtirokchilari: 38 yoshli Lacetti haydovchisi O.N., 28 yoshli Spark haydovchisi A.M., 24 yoshli Nexia haydovchisi SH., 43 yoshli Lacetti  haydovchisi Turkiya fuqarosi B.T.,  34 yoshli Lacetti haydovchisi Z.M., 25 yoshli Toyota haydovchisi S.E., 29 yoshli Malibu haydovchisi S.T.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yoʻq. YTHning barcha ishtirokchilariga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Asosiy mavzular