01:47 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
226 0 0

Ulardan biri Xorazmda ikki fuqaroni 1,5 ming yevroga chuv tushirgan. Uning mashinasida yana 3,5 ming yevro va 500 dollar qalbaki xorijiy valyuta topilgan.

TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Xorazm va Toshkentda qalbaki valyuta sotish bilan shugʻullanuvchi jinoiy guruhning ikki aʼzosi qoʻlga olindi.

Xorazm viloyati IIB axborot xizmati xabariga koʻra, Xiva shahrida yashovchi fuqaro 11 iyun kuni ariza bilan murojaat qilgan. Arizasida notanish shaxslardan 11 mln soʻm evaziga 1 000 yevro ayirboshlab olgani, lekin keyinchalik valyutalar qalbaki ekani maʼlum boʻlganini bayon qilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan tezkor chora-tadbir amalga oshirilgan. Natijada Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro B.M. boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli avtomashina Gurlan tumanida toʻxtatilgan. Uning mashinasidan salonida 3,5 ming yevro va 50 dollar va 16,4 mln soʻm miqdoridagi valyuta borligi aniqlangan.

Ekspertiza xulosasiga koʻra, avtomashina salonidan olingan xorijiy valyutalar qalbaki ekanligi maʼlum boʻlgan. Shuningdek, B.M. Urganch shahrida yashovchi yana bir fuqaroga 5 490 000 soʻm evaziga qalbaki 500 yevroni oʻtkazganligi oydinlashgan.

Qalbaki xorijiy valyutalarni muomalaga kiritishga uringan jinoiy guruh aʼzolarining qilmishini toʻliq fosh etishga qaror qilingan. Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Toshkent shahrida yashovchi yana bir gumondor qoʻlga olingan. Uning uyida oʻtkazilgan tintuv vaqtida qalbaki 200 dollar topilgan. Jinoyatni uni muomalaga kiritish maqsadida saqlab qoʻygani aniqlangan.

Jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar:
Toshkent, Xorazm

Asosiy mavzular