02:26 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
316 0 0

Toshkentda “Bitcoin” savdosi bilan noqonuniy shugʻullangan shaxslar faoliyatiga chek qoʻyildi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi va 190-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Toshkentda “Bitcoin” savdosi bilan noqonuniy shugʻullangan shaxslar faoliyatiga chek qoʻyildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulugʻbek tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish bilan shugʻullangani aniqlandi.

U 2019–2020 yillarda internet tarmogʻidagi Telegram kanalida fuqarolarga 3 mln. AQSH dollari miqdoridagi kriptoaktivlar koʻrinishidagi mablagʻlarni ayirboshlash orqali xorijiy davlatlar fuqarolari bilan chet el valyutasini oʻtkazib kelgani, “Bitcoin” oldi-sotdisi bilan litsenziyasiz shugʻullanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish)  va 190-moddasi (Faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular