13:21 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
147 0 0

Bagʻdod tumanida mast fuqaro hech bir sababsiz qoʻllari va oyoqlari bilan boshqa bir fuqaroga tan jarohati yetkazdi.

TOSHKENT, 21 iyun — Sputnik. Fargʻona viloyatida fuqaroga tan jarohati yetkazgan shaxs hibsga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Hodisa 15 iyun kuni Bagʻdod tumani Olmazor koʻchasida sodir boʻlgan. 50 yoshli S.A. mast holda 44 yoshli S.M. bilan janjallashgan. Keyin S.A. jamoat joyida jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan hech bir sababsiz qoʻllari va oyoqlari bilan 44 yoshli S.M.ning bosh va yuz sohalariga urib tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan S.A.ga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Unga nisbatan ayblov eʼlon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular