Gulistonda ikki ayol chaqaloqni 18 ming dollarga sotishga urindi

© UVD Sirdarinskoy oblastiV Gulistane dve jenshini pitalis prodat novorojdennogo rebenka za 18 tisach dollarov
V Gulistane dve jenshini pitalis prodat novorojdennogo rebenka za 18 tisach dollarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

TOShKENT, 24-iyun - Sputnik. Guliston shahrida yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotmoqchi bo‘lgan ikki ayol qo‘lga olindi. Qing‘ir niyatlilar chaqaloqni 18 ming dollarga baholagan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB xabar bermoqda.

Meni sotgan onamga maktub: menga sizdan o‘zga xech kim, hech nima kerak emas edi

Idora xabar berishicha, Sardoba tumanida yashovchi ayollarning hibsga olish bo‘yicha operatsiya 23-iyun kuni o‘tkazilgan.

Chaqaloq uchun olishlari kerak bo‘lgan pul mablag‘larini huquq-tartibot idoralari xodimlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yishdi. Tergov davom etmoqda.

Bu respublika fuqarolari, asosan ayollar, yosh bolalar va o‘spirinlarni sotishga urinayotganining birinchi holati emas.

May oyi oxirida Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida tergovchilar 13 yoshli o‘g‘li uchun 15 ming dollar so‘ragan mahalliy fuqaroni qo‘lga olishdi.

Ayolga nisbatan “Odam savdosi” moddasi bo‘yicha jinoiy ishi qo‘zg‘atildi.

Yangiliklar lentasi
0