02:23 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
327 0 0

Shahrisabz Davlat muzey-qoʻriqxonasi bosh direktori muzey-qoʻriqxonada ishlamagan turmush oʻrtogʻi va 4 nafar fuqarolarga soxta hujjatlar asosida ish haqi hisoblagan

TOSHKENT, 24 iyun - Sputnik. Shahrisabz Davlat muzey-qoʻriqxonasi bosh direktoriga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Xabarga koʻra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvida, Shahrisabz Davlat muzey-qoʻriqxonasi bosh direktori N.X. 62,9 mln soʻm hajmdagi byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirganligi aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, u bu pullarni muzey-qoʻriqxonada haqiqatda ishlamagan turmush oʻrtogʻi D.V. va 4 nafar fuqarolarga soxta hujjatlar asosida ish haqi hisoblab, talon-taroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan N.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular