00:50 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Hodisalar
Havola olish
55703

Ikki hafta oldin Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin markazidagi fuqarolarga tibbiy xizmat koʻrsatishni boshlagan shifokor koronavirusdan vafot etdi.

TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi. U poytaxtdagi Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi shifokori A.U. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, vafot etgan shifokor shu yilning 14 iyun kunidan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin markazidagi fuqarolarga tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida faoliyat koʻrsata boshlagan.

23 iyun kuni ahvoli ogʻirlashib, dastlab Zangiota tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga, soʻng esa Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga oʻtkir miokard infarkti tashxisi bilan yotqizilgan.

26 iyunda esa yurak, nafas va oʻpka yetishmovchiligi kuzatilib, ahvoli ogʻirlashganligi uchun jonlantirish boʻlimiga olingan.

Biroq muolajalariga qaramasdan koronavirusga chalingan bemor miokard infarkti, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan bemor vafot etgan.

Asosiy mavzular