21:08 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Hodisalar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (959)
491 0 0

Oʻzbekistonda koronavirusning qurboni 22 nafarga yetdi. Bir kunda ikki toshkentlik koronavirusdan vafot etdi

TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusning 22-qurboni qayd etildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 42 yoshli D.X. (erkak) joriy yil 20 iyun kuni bosh miya qon aylanishi oʻtkir buzilishi (insult)ning qaytalanishi bilan (2018 yilda birinchi marotaba insult boʻlgan) oʻta ogʻir holatda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.

Bemorda 22 iyun kuni koronavirus aniqlangan va unga ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasiga oʻtkazilgan hamda ahvoli keskin yomonlashganligi sababli sunʼiy nafas oldirish apparatiga olingan.

Biroq muolajalariga qaramasdan bemor bosh miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi, oʻtkir nafas va oʻpka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Biroz avval toshkentlik shifokor koronavirusning 21 qurboniga aylangani xabar qilingan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (959)
Teglar:
Oʻzbekiston, koronavirus

Asosiy mavzular