20:11 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Hodisalar
Havola olish
218 0 0

Namangan viloyatida onasining nomida boʻlgan “Damas”ni boshqargan oʻsmir bir ayolning umriga zomin boʻldi.

TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Namangan viloyatida mashina boshqargan oʻsmir bir kishining oʻlimiga sababchi boʻldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Hodisa 28 iyun kuni sodir boʻlgan. Norin tumanida yashovchi, maktabning 9-sinf oʻquvchisi onasining nomida boʻlgan “Damas” mashinasini boshqargan. U harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, oʻzidan oldinda ketayotgan uch nafar piyoda ayollarni urib yuborgan.

Natijada piyodalar ogʻir tan jarohati olgan. Ulardan biri esa voqea joyida vafot etgan. Ikki nafari turli xil darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Asosiy mavzular