00:06 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Hodisalar
Havola olish
245 0 0

Oʻzbekistonda koronavirus aniqlangan 23-bemor vafot etdi. Vafot etgan ayol Buxoro viloyati Shofirkon tumanidan boʻlgan.

TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusdan yana bir bemor vafot etdi. Bu virusning 23-qurboni. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi, 1962 yilda tugʻilgan M.S. koronavirus infektsiyasida gumonlanib, 21 iyun kuni tuman tibbiyot birlashmasidan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan.

U “Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, semizlik 3-darajasi, oʻpka arteriyasi tromboemboliyasi. Nafas yetishmovchiligi 3-daraja” tashxisi bilan jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

Bemor (ayol) bundan avval, soʻnggi 8 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, arterial gipertoniya, yurak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan.

Biroq u muolajalariga qaramasdan oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Asosiy mavzular