00:53 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Hodisalar
Havola olish
207 0 0

Dekan oʻrinbosari fuqaroni institutga oʻqishga kiritib qoʻyish uchun 3 ming AQSH dollarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

TOSHKENT, 30 iyun - Sputnik. Qoraqalpogʻistonda fuqarolarni oʻqishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan dekan oʻrinbosari ushlandi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura axborot xizmati.

"Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kegeyli tuman boʻlimi tomonidan prokuratura, DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Nukus davlat pedagogika institutining oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari D.S qoʻlga olingan", - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, dekan oʻrinbosari fuqaro T.ni tanishlari orqali mazkur institutga oʻqishga kiritib qoʻyish uchun 3 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham Buxoro muhandaslik texnologiya instituti dekan oʻrinbosari M.A. va Toshkent Davlat irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi mexanizatsiya instituti Buxoro viloyat filiali talabasi M.Q. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro O.ni Moskva Davlat Radio elektronika va radio texnika institutiga oʻqishga kirishi uchun onlayn tarzda boʻladigan test sinovlaridan oʻtkazib berish evaziga 2 500 AQSH dollari talab qilib, shundan, 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddasi  bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular