23:20 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Hodisalar
Havola olish
295 0 0

Fuqaro quyma oltinni 1 grammini 525 ming soʻmdan, 297,57 grammni jami 156,3 mln soʻmga sotishni rejalashtirgan

TOSHKENT, 1 iyul - Sputnik. Namanganda quyma oltin boʻlaklarini pullamoqchi boʻlgan shaxs ushlandi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Xabarda taʼkidlanishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, oltinni pullamoqchi boʻlgan fuqaro hodisa joyida qoʻlga olingan.

Fuqaro SH.I. noqonuniy daromad orttirish maqsadida xaridor D.ga 297,57 gramm quyma oltinni 1 grammini 525 ming soʻmdan hisoblab, jami 156,3 mln soʻmga sotishga kelishib, shundan, 11 300 AQSH dollari va 34,7 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan SH.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular