20:03 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
49401

21 yoshli Cobalt haydovchisi oldinda harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz 1841 LS yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan. Natijada oʻzi va ikki yoʻlovchisi qurbon boʻlgan.

TOSHKENT, 2 iyul — Sputnik. Buxoro uch kishi ayanchki yoʻl-transport hodisasi qurboni boʻldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Hodisa 01 iyul kuni Peshkoʻ tumani hududidan oʻtuvchi A-380 yoʻlining Xorazm-Buxoro yoʻnalishida sodir boʻlgan. 21 yoshli Cobalt haydovchisi oldinda harakatlanib borayotgan 52 yoshli YU.SH.ning boshqaruvida boʻlgan Mercedes-Benz 1841 LS yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan.

V DTP V Buxare skonchalis 3 cheloveka
Sledstvennыy departament pri MVD Respubliki Uzbekistan
V DTP V Buxare skonchalis 3 cheloveka

Natijada Cobalt haydovchisi H.S. va yoʻlovchi sifatida ketayotgan 22 yoshli S.Y. hamda 50 yoshli P.N.lar hodisa joyda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Teglar:
YTH, Buxoro

Asosiy mavzular