23:01 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)
43401

Bemorga gipertoniya kasalligi, ateroskleroz, insultning ikkinchi bor qaytalanishi, gemorragik insult tashxisi qoʻyilgan.

TOSHKENT, 4 iyul - Sputnik. Koronavirus infektsiyasiga chalingan toshkentlik bemor oʻtkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi, deb xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Joriy yilning 1 iyul kuni poytaxtda yashovchi 65 yoshli V.M. (erkak kishi) oʻta ogʻir ahvolda Ibn Sino nomidagi 1-son shahar klinik shifoxonasining jonlantirish boʻlimiga yotqizilib, sunʼiy nafas olish apparatiga ulangan.

Unga gipertoniya kasalligi, ateroskleroz, bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult)ning ikkinchi bor qaytalanishi (birinchi holat 2020 yil iyun oyida yuz bergan), gemorragik insult tashxisi qoʻyilgan.

Bemorga Sogʻliqni saqlash vazirligining qator yoʻnalishlari boʻyicha bosh mutaxassislari va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar oʻtkazilib, doimiy nazorati taʼminlangan.

Joriy yilning 3 iyul kuni shifokorlar tomonidan standart asosida koʻrsatilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor oʻpka arteriyasi tromboemboliyasi, oʻtkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Shu paytga qadar Oʻzbekistonda koronavirus bilan bemorlanganlar soni 9,5 mingga yetgan.

Amerikaning Jon Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, butun dunyoda pandemiya vaqtida koronavirus bilan bemorlanganlar soni 11 milliondan oshib ketgan, COVID-19 oqibatida 524 614 kishi vafot etgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)

Asosiy mavzular